BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY-KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilingan. Kasbiy-kommunikativ kompetensiyaning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-kommunikativ hamda refleksiv-baholash komponentlari aniqlashtirilgan. Kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan, shaxsga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuvlar integratsiyasi asosida uch bosqichli metodika taklif etilgan. Rolli o‘yin, vaziyatli keys, mikrodars, faol tinglash, videovaziyat tahlili va kommunikativ portfolio kabi metodlarning bo‘lajak tarbiyachilarni real kasbiy muloqotga tayyorlashdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, metodikaning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar va baholash mezonlari asoslangan. Kalit so'zlar: bo‘lajak tarbiyachi, kasbiy-kommunikativ kompetensiya, pedagogik muloqot, kommunikativ ko‘nikma, kompetensiyaviy yondashuv, rolli o‘yin, vaziyatli keys, refleksiya, maktabgacha ta’lim.
