O‘SMIR YOSHDAGI O‘QUVCHILARNING JISMONIY MADANIYAT, JISMONIY TARBIYA VA JISMONIY RIVOJLANISH ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali tashkil etish hamda ularning jismoniy rivojlanish xususiyatlari yoritilgan. O‘smirlik davrida organizmda kechadigan anatomik-fiziologik va psixologik o‘zgarishlarning jismoniy tarbiya jarayoniga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning harakat faolligini oshirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, jismoniy mashqlarni to‘g‘ri tanlash va yuklamalarni me’yorlashning pedagogik ahamiyati ochib berilgan. Maqolada o‘smirlarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishda ta’lim muassasasi, o‘qituvchi, oila va o‘quvchining o‘zaro hamkorligi muhim omil sifatida asoslangan. Kalit so'zlar: o‘smirlik davri, o‘quvchi, jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, harakat faolligi, jismoniy sifatlar, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy mashqlar, pedagogik jarayon.
