OLIY TA’LIMDA TARIXIY-MADANIY MEROS VOSITASIDA AXBOROT-TAHLILIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH: XALQARO TAJRIBA VA INNOVATSION METODIK YONDASHUV
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada tarixiy-madaniy merosdan oliy ta’lim jarayonida axborot-tahliliy kompetensiyani rivojlantirish vositasi sifatida foydalanishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. O‘zbekistonning qadimiy yozma yodgorliklari, jadidlar davri milliy matbuoti, davlat arxiv hujjatlari va mustaqillik yillari manbalari ta’limiy resurs sifatida ko‘rib chiqiladi. Xalqaro pedagogik amaliyotda tarixiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan Sem Vaynbergning “Tarixchi kabi o‘qish”, Piter Seyksas va Tom Mortonning “Tarixiy fikrlash konsepsiyalari” modellari hamda Jorn Rusenning tarixiy ong konsepsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida tarixiy manbalar bilan ishlashga asoslangan “SMART-tarix” innovatsion didaktik modeli taklif etiladi. Model talabalarning raqamli muhitda axborotni mustaqil izlash, tizimli boshqarish, tanqidiy tahlil qilish, akademik formatda taqdim etish va analitik xulosalarni amaliyotda qo‘llash kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: tarixiy-madaniy meros, axborot-tahliliy kompetensiya, manbashunoslik, tarixiy fikrlash, “SMART-tarix” modeli, Sem Vaynberg, Piter Seyksas, raqamli ta’lim, oliy ta’lim metodikasi.
