BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QISH SAVODXONLIGI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligini rivojlantirish muammosi PIRLS xalqaro tadqiqoti mezonlari va O‘zbekiston o‘quvchilarining PIRLS-2021 natijalari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda PIRLSning o‘qish savodxonligini baholashga doir ikki asosiy o‘qish maqsadi hamda o‘qib tushunishning to‘rtta kognitiv jarayoni – aniq berilgan ma’lumotni topish va ajratib olish, oddiy xulosalar chiqarish, g‘oya va ma’lumotlarni talqin qilish hamda integratsiyalash, mazmun va matn elementlarini baholash jarayonlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda reproduktiv o‘qishdan produktiv va tanqidiy o‘qishga o‘tish, axborotli matnlar bilan ishlash, xulosa chiqarish, talqin qilish va matn asosida mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, o‘qish savodxonligi, PIRLS, PIRLS-2021, xalqaro baholash, o‘qib tushunish, kognitiv jarayonlar, matn bilan ishlash, xulosa chiqarish, talqin qilish, integratsiyalash, tanqidiy o‘qish, funksional savodxonlik.
