BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY TRANSVERSAL KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYASI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy transversal kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyaning mazmuni, bosqichlari, metodlari va didaktik ta’minoti yoritilgan. Pedagogik texnologiya diagnostik-motivatsion, mazmuniy-kognitiv, faoliyatli-amaliy va refleksiv-baholash bosqichlari asosida tashkil etilib, tanqidiy va innovatsion fikrlash, shaxsiy va shaxslararo ko‘nikmalar, global fuqarolik hamda media va axborot savodxonligini integrativ rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Tadqiqotda texnologiyaning metodologik asoslari, pedagogik shart-sharoitlari va amaliy qo‘llash imkoniyatlari asoslangan. Kalit so'zlar: bo‘lajak tarbiyachi, kasbiy transversal kompetensiya, pedagogik texnologiya, tanqidiy va innovatsion fikrlash, shaxsiy ko‘nikmalar, shaxslararo ko‘nikmalar, global fuqarolik, media va axborot savodxonligi, pedagogik shart-sharoitlar, didaktik ta’minot.
