QIZIQISHDAN MAQSAD SARI: BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA YAPONLARNING IKIGAI YONDASHUVI ASOSIDA O‘ZINI ANGLASHNI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zini anglash jarayonini rivojlantirishda yapon madaniyatida shakllangan Ikigai yondashuvidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda Ikigai tushunchasining mazmuni tahlil qilinib, uni boshlang‘ich ta’lim sharoitiga moslashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘quvchilarning o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari, ijtimoiy foydaliligi va shaxsiy maqsadlarini anglashiga yo‘naltirilgan to‘rt komponentli metodik model taklif etilgan. Mazkur model “Qiziqish – Qobiliyat – Foydalilik – Maqsad” ketma-ketligi asosida o‘quvchilarning o‘zini anglash, refleksiv fikrlash va maqsad qo‘yish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari Ikigai yondashuvini boshlang‘ich ta’limga moslashtirish o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini anglash va hayotiy maqsadlarini shakllantirish uchun istiqbolli metodik vosita bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: Ikigai, boshlang‘ich ta’lim, o‘zini anglash, qiziqish, qobiliyat, maqsad, motivatsiya, refleksiya, shaxsiy rivojlanish, pedagogik yondashuv.
