TALABALAR VOLONTYORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK MODELI: MAHALLIY VA XORIJIY ILMIY TAJRIBA ASOSIDA TAHLIL
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalar volontyorlik faoliyatini tashkil etishning pedagogik jihatlari nazariy jihatdan o‘rganildi. Mahalliy me’yoriy-huquqiy baza, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va xorijiy ilmiy tadqiqotlar qiyosiy tahlil qilindi, ularning har biridagi ustuvor mexanizmlar aniqlandi. Tadqiqot davomida volontyorlik faoliyatini boshqarishning to‘rtta takrorlanuvchi mexanizmi - universitet va jamoa hamkorligi, o‘quv jarayoni bilan bog‘lash, tayyorgarlik va pedagogik kuzatuv, hamda natijani raqamli qayd etish ajratib ko‘rsatildi. Tahlil natijasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun moslashtirilgan gibrid pedagogik model taklif etildi. Maqolaning ilmiy yangiligi volontyorlik markazini tashkiliy tuzilma emas, balki pedagogik-koordinatsion subyekt sifatida qayta talqin qilishda namoyon bo‘ladi. Xulosa qismida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: talabalar volontyorligi, pedagogik model, hamjamiyatga xizmat orqali o‘qitish, subyekt pozitsiyasi, kasbiy kompetentlik, universitet volontyorlik markazi, e'tirof va sertifikatlash, ijtimoiy hamkorlik.
