MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA MUHANDISLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH




MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA MUHANDISLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH


Mualliflar:
Raxmonova Dilfuza Maxmudovna


Annotatsiya Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda muhandislik ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-pedagogik asoslari, STEAM yondashuvi bilan integratsiyasi va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash mexanizmlari tahlil qilinadi. Muhandislik faoliyati bolaga muammoni ko‘rish, g‘oya ilgari surish, reja tuzish, model yaratish, sinash va takomillashtirish imkonini beradigan iterativ jarayon sifatida talqin qilindi. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturidagi rivojlanish sohalari bilan muhandislik faoliyatining uzviyligi asoslandi. Adabiyotlar tahlili asosida muammoli vaziyat – g‘oya – loyihalash – yaratish va sinash – takomillashtirish ketma-ketligiga asoslangan pedagogik model hamda kuzatuv mezonlari taklif etildi. Yondashuv bolalarning mantiqiy va fazoviy tafakkuri, ijodkorligi, hamkorlikda ishlashi, nutqiy faolligi va muammoni hal qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatildi. Kalit so'zlar: maktabgacha ta’lim, muhandislik ko‘nikmalari, STEAM, muhandislik dizayni, konstruktorlik faoliyati, muammoli ta’lim, loyiha, ijodiy fikrlash.