O‘QUVCHILARDA ALGORITMIK VA ANALITIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY ASOSLARI




O‘QUVCHILARDA ALGORITMIK VA ANALITIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY ASOSLARI


Mualliflar:
Sanayev Xondamir Komiljon o‘g‘li


Annotatsiya Mazkur maqolada o‘quvchilarda algoritmik va analitik tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy asoslari nazariy-tahliliy metodlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi - ushbu tafakkur shakllarining rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy ijtimoiy omillarni aniqlash, ularning o‘zaro bog‘liqligini nazariy jihatdan asoslash hamda mazkur tafakkur turlarining rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy muhitni tavsiflovchi model ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, tizimlashtirish va ijtimoiy-pedagogik hodisalarni modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijasida oila, tengdoshlar guruhi, maktab jamoasi, madaniy kapital, raqamli muhit hamda ommaviy axborot vositalari algoritmik va analitik tafakkurning shakllanishiga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy ijtimoiy omillar sifatida aniqlandi va ularning o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi to‘rt darajali - mikroijtimoiy, mezoijtimoiy, makroijtimoiy hamda virtual-ijtimoiy - nazariy model taklif etildi. Olingan xulosalar o‘quvchilarda algoritmik va analitik tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha ta'lim amaliyoti va siyosati uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kalit so'zlar: algoritmik tafakkur, analitik tafakkur, ijtimoiy muhit, ijtimoiylashuv, oila, tengdoshlar, maktab jamoasi, madaniy kapital, raqamli muhit, ijtimoiy o‘rganish, axborot jamiyati, ijtimoiy kompetensiya, tanqidiy tafakkur, ekologik tizim modeli.