TALABA YOSHLARNI MUSTAQIL OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH




TALABA YOSHLARNI MUSTAQIL OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH


Mualliflar:
Kushakova Gulnora Egamqulovna


Annotatsiya Mazkur maqolada talaba yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy infratuzilmasini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Muallif oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan oilaviy tarbiya, psixologik-pedagogik maslahat xizmatlari, talabalar turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy dastur va mexanizmlarning hozirgi holatini o'rganib, ularning samaradorligini oshirish yo'llarini ko'rsatib bergan. Tadqiqotda ijtimoiy infratuzilma tushunchasining mazmun-mohiyati, uning talabalar oilaviy hayotga tayyorgarligidagi o'rni, shuningdek xorijiy tajriba asosida O'zbekiston sharoitiga moslashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola xulosalarida oliy ta'lim muassasalari, mahalla, oila va davlat organlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlovchi kompleks yondashuv taklif etilgan. Kalit so'zlar: talaba yoshlar, oilaviy hayotga tayyorgarlik, ijtimoiy infratuzilma, oliy ta'lim muassasasi, psixologik-pedagogik xizmat, oila instituti, ijtimoiy sheriklik, mahalla, tarbiya.