PARAMEDITSINA YO‘NALISHI TALABALARIGA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA KREATIV STRATEGIYALAR




PARAMEDITSINA YO‘NALISHI TALABALARIGA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA KREATIV STRATEGIYALAR


Mualliflar:
Yaxshiboyeva Gulbahor Oybek qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada parameditsina yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini o‘qitishda kreativ pedagogik strategiyalardan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Zamonaviy tibbiyot va tez tibbiy yordam tizimining xalqaro miqyosda rivojlanishi bo‘lajak paramediklardan nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni, balki xorijiy tilda samarali muloqot qila olish kompetensiyasini ham talab etmoqda. An’anaviy ingliz tili mashg‘ulotlarida tibbiy terminlarni yodlash va grammatik mashqlarni bajarishga haddan tashqari e’tibor berilishi talabalarning amaliy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlarini cheklashi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, raqamli storytelling, gamifikatsiya, rolli o‘yinlar, virtual klinik simulyatsiyalar, case-study, hamkorlikdagi ta’lim va vizual strategiyalar kabi kreativ metodlardan foydalanish samarali yechim sifatida qaraladi. Ushbu yondashuvlar talabalarni real kasbiy vaziyatlarga tayyorlash, tibbiy terminologiyani kontekst asosida o‘zlashtirish, og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil ta’lim olish qobiliyatini shakllantirish hamda ingliz tilida muloqot qilishdagi psixologik to‘siqlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: parameditsina, tibbiy ingliz tili, kreativ pedagogika, EMP, kommunikativ kompetensiya, klinik simulyatsiya, gamifikatsiya, raqamli ta’lim, kasbiy muloqot, talaba avtonomiyasi.