ADABIYOT ORQALI YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada adabiyotning yoshlar ma’naviyati va axloqiy dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Badiiy adabiyot insonning ruhiy olami, tafakkuri, estetik didi, axloqiy qarashlari va hayotiy qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim ma’naviy-tarbiyaviy vosita sifatida yoritiladi. Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik, ezgulik, halollik, adolat va mas’uliyat kabi fazilatlarni shakllantirishda adabiy asarlarning imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, zamonaviy axborot makoni va raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan sharoitda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy adabiyotga qiziqishini kuchaytirish hamda adabiyotdan ma’naviy-tarbiyaviy jarayonda samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqolada adabiyotning yoshlar shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi tarbiyaviy imkoniyatlari yuzasidan ilmiy-nazariy mulohazalar bayon etiladi. Kalit so'zlar: adabiyot, yoshlar, ma’naviyat, ma’naviy tarbiya, axloqiy qadriyatlar, kitobxonlik madaniyati, badiiy tafakkur, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik, ma’naviy kamolot.
