MILLIY HARAKATLI OʻYINLAR ASOSIDA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI OʻQUVCHILARNING CHIDAMLILIK VA KUCH SIFATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada milliy harakatli oʻyinlar asosida kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning chidamlilik va kuch sifatlarini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari asoslab berilgan. Namangan shahridagi umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya va boshlangʻich sinf oʻqituvchilari (n = 34) oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma milliy oʻyinlardan asosan darsni emotsional yakunlash vositasi sifatida foydalanilayotganini, yuklama esa deyarli nazorat qilinmayotganini koʻrsatdi. Shu asosda toʻrtta pedagogik shart-sharoit ishlab chiqildi: oʻyinlarni jismoniy sifatlar yoʻnalishi boʻyicha tizimlashtirish, yuklamani yurak urish chastotasi orqali meʼyorlash, harakat rejimining uzluksizligini taʼminlash hamda motivatsion-tarbiyaviy muhit yaratish va oila bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 4-sinf oʻquvchilari (n = 56) ishtirokidagi pedagogik tajribada tajriba guruhida kuch va chidamlilik koʻrsatkichlarining oʻsishi nazorat guruhiga nisbatan statistik ishonchli darajada yuqori boʻldi (p < 0,01). Kalit so'zlar: kichik maktab yoshi, milliy harakatli oʻyinlar, chidamlilik, kuch, pedagogik shart-sharoitlar, yurak urish chastotasi, harakat rejimi, oila bilan hamkorlik.
