RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING PROFILAKTIK IMMUN MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH: «SMART IMMUNITY» MODELINING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada raqamli tibbiy ta’lim sharoitida bo‘lajak shifokorlarda profilaktik immun madaniyatni rivojlantirishning pedagogik-metodik asoslari va dissertatsiya tadqiqoti doirasida ishlab chiqilgan «Smart Immunity» modelining tuzilmasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning konseptual asosi profilaktika, immunologik savodxonlik, epidemiologik fikrlash, klinik qaror qabul qilish, raqamli kompetensiya va refleksiv faoliyatni yagona ta’lim jarayoniga integratsiyalashdan iborat. Profilaktik immun madaniyat talabaning tayyor qoidalarni mexanik takrorlashi emas, balki epidemiologik vaziyatni tahlil qilish, xavf omillarini aniqlash, ilmiy asoslangan profilaktik qarorni tanlash va uni kommunikativ jihatdan asoslash imkonini beruvchi integrativ sifat sifatida qaraladi. «Smart Immunity» modeli analitik-diagnostik, raqamli ta’lim-o‘quv, raqamli monitoring-baholash hamda profilaktik faoliyat va sog‘lom turmush amaliyotlari bloklaridan tashkil topgan. Modelda mobil texnologiyalar, QR-kodlar, AR/VR, simulyatsion muhit, elektron testlar, Learning Analytics va sun’iy intellektga asoslangan vositalar pedagogik maqsadga bo‘ysundirilgan holda qo‘llanishi nazarda tutiladi. 459 nafar talaba ishtirokidagi tajriba-sinov materiallari modelning amaliy qo‘llanishi uchun empirik asos bo‘lib xizmat qilgan. Yakuniy natijalarda tajriba guruhida yuqori darajadagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ulushi ortgani va guruhlar o‘rtasida statistik jihatdan farqlanuvchi natijalar qayd etilgani dissertatsiyada keltirilgan. Maqolada modelning didaktik mexanizmlari, komponentlari, pedagogik shart-sharoitlari va amaliy ahamiyati tizimlashtirilgan. Kalit so'zlar: raqamli tibbiy ta’lim; profilaktik immun madaniyat; «Smart Immunity»; Smart-profilaktika; yuqumli kasalliklar; immun savodxonlik; epidemiologik fikrlash; raqamli kompetensiya; AR/VR; QR-kod; Learning Analytics; sun’iy intellekt.
