WEB-DASTURLASHNI O‘RGATUVCHI ELEKTRON MUHITDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI INTELLEKTUAL MENTORLIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH




WEB-DASTURLASHNI O‘RGATUVCHI ELEKTRON MUHITDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI INTELLEKTUAL MENTORLIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH


Mualliflar:
Boltabayev Islombek Sunnat o‘g‘li


Annotatsiya Mazkur maqolada web-dasturlashni o‘rgatuvchi elektron ta’lim muhitida sun’iy intellektga asoslangan intellektual mentorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. An’anaviy onlayn ta’limda kodlash jarayonidagi xatolar, bilim bo‘shliqlari va individual o‘zlashtirish sur’atining yetarli hisobga olinmasligi muammo sifatida asoslangan. Tadqiqotda pedagogik eksperiment, qiyosiy tahlil, so‘rovnoma va statistik usullardan foydalanildi. Bilim, talaba, pedagogik va interfeys modullaridan iborat to‘rt komponentli tizim 64 nafar talaba ishtirokida sinovdan o‘tkazildi. Natijalar eksperiment guruhida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqoriligini ko‘rsatib, intellektual mentorlikning ta’lim samaradorligini oshirish va individuallashtirishdagi istiqbolini tasdiqladi. Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, intellektual mentorlik, web-dasturlash, elektron ta’lim muhiti, adaptiv o‘qitish, talaba modeli, pedagogik eksperiment.