OLIY TA’LIMDA SIFAT NAZORATI TIZIMINING AMALIY SAMARADORLIGI




OLIY TA’LIMDA SIFAT NAZORATI TIZIMINING AMALIY SAMARADORLIGI


Mualliflar:
Iroda Turaeva


Annotatsiya Mazkur maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilish mexanizmlarining amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda oliy ta’lim muassasalaridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlarining vazifalari, talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi va sifat monitoringining amaliy jihatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilishning hujjatbozlikka asoslangan yondashuvdan amaliy natijalarga yo‘naltirilgan modeliga o‘tish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va sifat bo‘limlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: ta’lim sifati, sifat nazorati, oliy ta’lim, talabalar murojaatlari, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, ichki sifat nazorati, sifat madaniyati, akademik halollik.