BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY VA AQLIY FAOLLIGINI JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTLARI ORQALI RIVOJLANTIRISH METODIKASI




BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY VA AQLIY FAOLLIGINI JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTLARI ORQALI RIVOJLANTIRISH METODIKASI


Mualliflar:
Abduvaliyeva Sabina Kurbonali qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy va aqliy faolligini rivojlantirishda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning harakat faolligi, diqqat, tezkor fikrlash, xotira, topshiriqlarni mustaqil bajarish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Jismoniy mashqlarni didaktik topshiriqlar, harakatli o‘yinlar, musobaqa elementlari va muammoli vaziyatlar bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda individual yondashuv, yosh xususiyatlarini hisobga olish, muntazamlik va bosqichma-bosqichlik tamoyillarining ahamiyati asoslangan. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, jismoniy tarbiya, jismoniy faollik, aqliy faollik, harakatli o‘yinlar, pedagogik metod, o‘quvchi, ta’lim samaradorligi.