TALABALARINING AXBOROTNI INTENSIV QABUL QILISH QOBILIYATI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI




TALABALARINING AXBOROTNI INTENSIV QABUL QILISH QOBILIYATI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI


Mualliflar:
Ergashev Bunyod Shokir o‘g‘li


Annotatsiya Ushbu maqolada talabalarning axborotni intensiv qabul qilish qobiliyati, uning pedagogik-psixologik mazmuni va rivojlanish bosqichlari nazariy jihatdan tahlil etilgan. Axborotni intensiv qabul qilish jarayonining talabalarning bilish faolligi, diqqat, xotira, tafakkur va axborotni qayta ishlash qobiliyatlari bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Tadqiqotda axborotni intensiv qabul qilish qobiliyatining tarkibiy komponentlari, rivojlanish mezonlari va darajalari ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan asoslangan. Shuningdek, mazkur qobiliyatni rivojlantirishda intellektual o‘yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada talabalarning axborotni tezkor, mazmunli va tizimli o‘zlashtirish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar taklif etilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim jarayonida talabalarning bilish faoliyatini takomillashtirish va mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so'zlar: axborotni intensiv qabul qilish, talaba, bilish faoliyati, intellektual o‘yinlar, diqqat, xotira, tafakkur, axborotni qayta ishlash, pedagogik rivojlanish.