ERKIN KURASHCHILARNI TEXNIK HARAKATLARINI ANALITIK TAHLIL QILISH ASOSIDA MUSOBAQA OLDI YUKLAMALARINI OPTIMALLASHTIRISH METADIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada erkin kurashchilarning texnik harakatlarini tahlil qilish orqali musobaqa oldi mashg‘ulot jarayonini takomillashtirishning metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishi texnik harakatlarning bajarilish sifati va mashg‘ulot yuklamasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan. Erkin kurashga xos hujum, qarshi hujum, tashlash va himoyadan hujumga o‘tish kabi harakatlar bajarilish ketma-ketligi, tayanch almashinuvi, harakatning barqarorligi va takroriy bajarilishdagi o‘zgarishlar asosida tahlil qilinadi. Tahlil natijalaridan kelib chiqib sportchilarning individual tayyorgarlik holatiga mos ravishda mashg‘ulot vositalari, takrorlash miqdori, ish va dam olish nisbati hamda yuklama intensivligini o‘zgartirishga asoslangan metodik yondashuv taklif etiladi. Musobaqa oldi bosqichida yuklamani boshqarish texnik mahoratni saqlash, ortiqcha charchoqni kamaytirish va mashg‘ulot jarayonining yo‘nalishini sportchining amaldagi tayyorgarlik holatiga moslashtirish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Kalit so'zlar: Erkin kurash, texnik-taktik tayyorgarlik, texnik harakatlar tuzilishi, harakat barqarorligi, individualizatsiya, mashg‘ulot jarayoni, musobaqaoldi bosqichi, yuklama korreksiyasi, mashg‘ulot hajmi, intensivlik, texnik samaradorlik.
