XALQ OG‘ZAKI IJODIDAGI QAHRAMON OBRAZIDAN BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI UCHUN TARBIYAVIY JIHATDAN FOYDALANISH USULLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada xalq og‘zaki ijodidagi qahramon obrazidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda foydalanishning pedagogik va metodik imkoniyatlari yoritiladi. Qahramonlarning jasorat, halollik, mehnatsevarlik, adolat, do‘stlik va vatanparvarlik kabi fazilatlarini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘rgatish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, 1–4-sinflarda qahramon obrazini o‘rganish orqali o‘quvchilarda ijobiy axloqiy fazilatlar, mustaqil fikrlash va hayotiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid metodik tavsiyalar beriladi. Kalit so'zlar: Folklor, qahramon obrazi, ertak, doston, tarbiyaviy imkoniyat, ma’naviy-axloqiy tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, folklor ta’limi, metodik yondashuv, qadriyat.
