13–15 YOSHLI BOKSCHILARDA MUSOBAQA OLDI DAVRIDA MUVOZANATNI SAQLASHNI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada 13–15 yoshli bokschilarda musobaqa oldi davrida muvozanatni saqlash va uni takomillashtirish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi yosh bokschilarning muvozanat, koordinatsiya va harakat barqarorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimini asoslashdan iborat. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, mashqlarni tizimlashtirish va metodik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Natijada umumiy rivojlantiruvchi, vestibulyar, boksga xos va psixologik tayyorgarlik mashqlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan metodik yondashuv ishlab chiqildi. Ushbu yondashuv yosh bokschilarning ringdagi barqarorligi va harakat aniqligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: boks, yosh bokschilar, muvozanat, koordinatsiya, vestibulyar tizim, musobaqa oldi davri, harakat barqarorligi, reaksiya, maxsus mashqlar, psixologik tayyorgarlik.
