NUTQIY-KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA: MAZMUNI VA TARKIBIY KOMPONENTLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada nutqiy-kommunikativ kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda uning asosiy tarkibiy komponentlari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi nutqiy-kommunikativ kompetensiyaning mazmunini nazariy jihatdan tahlil qilish va uning tarkibiy qismlarini tavsiflashdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, taqqoslash va umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. N.Xomskiy, D.Xayms, M.Kenel, M.Sveyn va boshqa olimlarning qarashlari tahlil qilinib, lisoniy, sotsiolingvistik, pragmatik, strategik hamda madaniyatlararo kompetensiyalarning o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Kalit so'zlar: nutqiy kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, lisoniy kompetensiya, sotsiolingvistik kompetensiya, pragmatik kompetensiya, strategik kompetensiya, madaniyatlararo kompetensiya, kommunikativ yondashuv.
