BADIIY-IJODIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI




BADIIY-IJODIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI


Mualliflar:
Dominjonov Komoliddin Faxriddin o‘g‘li


Annotatsiya Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o‘quvchilarning badiiy-ijodiy kompetensiyasini shakllantirish bosqichlari ilmiy-nazariy va pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Badiiy-ijodiy kompetensiya o‘quvchining san’at, adabiyot, musiqa, tasviriy faoliyat hamda boshqa ijodiy yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini mustaqil qo‘llay olishi, o‘z fikrini obrazli ifodalashi, ijodiy muammolarni hal qilishi va yaratilgan mahsulotni baholay olish qobiliyatini ifodalaydi. Tadqiqotda badiiy-ijodiy kompetensiyani shakllantirishning motivatsion, nazariy-bilish, amaliy-ijodiy, refleksiv-baholash hamda mustaqil ijod bosqichlari asoslab berilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida interfaol metodlar, ijodiy topshiriqlar, loyiha faoliyati, muammoli ta’lim va raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada badiiy-ijodiy kompetensiyani baholash mezonlari ham ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: badiiy-ijodiy kompetensiya, ijodkorlik, kreativ fikrlash, estetik tarbiya, ijodiy faoliyat, ijodiy topshiriq, loyiha metodi, refleksiya, mustaqil fikrlash.