OLIY TA'LIM FANLARIDAN MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada mustaqil ta'limni tashkil etishda sun'iy intellektdan foydalanishning Zimmerman SRL modeliga asoslangan to‘rt bosqichli «SIAI-MT» sikllik metodikasi (diagnostika, rejalashtirish, bajarish, refleksiya) taklif etilgan. Kuzatish va ekspert baholash natijalari metodika mustaqil o‘rganish, sun'iy intellekt bilan mazmunli muloqot va refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantirishini, shu bilan birga tanqidiy tekshiruvsiz foydalanish xavfini cheklash zarurligini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, mustaqil ta'lim, SIAI-MT metodikasi, o‘z-o‘zini boshqarib o‘rganish, ChatGPT, akademik halollik, individuallashtirish, oliy ta'lim.
