TARJIMONLIK FAOLIYATIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH: IMKONIYATLAR, CHEKLOVLAR VA PROFESSIONAL KOMPETENSIYALAR
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada tarjimonlik faoliyatiga sun’iy intellekt (SI), neyron mashina tarjimasi va generativ til modellarining kirib kelishi natijasida yuzaga kelayotgan kasbiy transformatsiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi SI vositalarining tarjima jarayonidagi real imkoniyatlari va cheklovlarini tizimlashtirish, inson tarjimoni saqlab qolayotgan funksional ustunliklarni aniqlash hamda zamonaviy professional kompetensiyalar modelini taklif etishdan iborat. Tadqiqot 2019–2026-yillarda chop etilgan xalqaro ilmiy manbalar, Yevropa Komissiyasining EMT kompetensiyalar ramkasi, O‘zbekistonning sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi va mahalliy ilmiy adabiyotlar asosida qiyosiy-kontent tahlil usulida amalga oshirildi. Natijalar SI tezlik, terminologik izchillik, katta hajmdagi matnlarni dastlabki qayta ishlash va post-tahrirni qo‘llab-quvvatlashda samarali ekanini, biroq kontekst, pragmatika, madaniy implikatsiya, etik mas’uliyat va yuqori xavfli sohalarda mustaqil yakuniy qaror chiqarishda cheklovlarga egaligini ko‘rsatdi. Zamonaviy tarjimon uchun lingvomadaniy, texnologik, post-tahrir, sifat va riskni boshqarish, axborot xavfsizligi, etik va uzluksiz o‘rganish kompetensiyalarining integratsiyasi zarur degan xulosaga kelindi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, tarjimonlik, generativ SI, neyron mashina tarjimasi, post-tahrir, tarjimon kompetensiyasi, sifat nazorati, etik mas’uliyat.
