RUS VA O‘ZBEK SINFLARIDA BOSHLANG‘ICH BOSQICHDA ESL O‘QITISH: EWA (ENGLISH WITH ART AND ACTIVITY) METODI ASOSIDA




RUS VA O‘ZBEK SINFLARIDA BOSHLANG‘ICH BOSQICHDA ESL O‘QITISH: EWA (ENGLISH WITH ART AND ACTIVITY) METODI ASOSIDA


Mualliflar:
Rahmanova Sevara Dilshod qizi


Annotatsiya Ushbu tadqiqot EWA (English with Art and Activity) metodining o‘zbek ta’lim tizimidagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishdagi samaradorligini o‘rganadi. Tadqiqot Namangan viloyati Yangi Namangan tumani 70-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi va unda 62 nafar 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Ular tajriba guruhi (4“A”, n=32) va nazorat guruhi (4“B”, n=30) ga bo‘lindi. Tajriba guruhiga EWA metodi asosida dars berildi, nazorat guruhi esa an’anaviy usulda o‘qitildi. Tadqiqotda 8 haftalik kvazi-eksperimental (oldindan va keyingi test) dizayn qo‘llanildi. Ma’lumotlar til bilish testlari va dars kuzatuvlari orqali yig‘ildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhi so‘z boyligi, og‘zaki nutq, tinglab tushunish va o‘quv motivatsiyasi bo‘yicha sezilarli darajada yuqori natijalarga erishdi. Tadqiqot EWA metodining o‘quvchilarning faolligini oshirish, til o‘rganishdagi xavotirni kamaytirish va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda samarali ekanligini tasdiqladi. Kalit so'zlar: EWA metodi, ESL, boshlang‘ich ta’lim, san’at asosida o‘qitish, kommunikativ kompetensiya, ko‘p tilli ta’lim