MUVOZANAT MASHQLARI ORQALI YIRIK MOTORIKANI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Muvozanat mashqlari maktabgacha yoshdagi bolalarda yirik motorikani rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur mashqlar bolaning tayanch-harakat apparati, markaziy nerv tizimi va sensor tizimlarining uyg'un faoliyatini ta'minlash orqali harakatlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtiradi. Yirik motorika rivojlanishi bolaning yurish, yugurish, sakrash, burilish, to‘xtash va fazoda erkin harakatlanish kabi asosiy harakat ko‘nikmalarining shakllanishi bilan chambarchas bog'liq. Ayniqsa, bir oyoqda muvozanatni saqlash, tana holatini o‘zgartirish va og'irlik markazini boshqarishga asoslangan mashqlar keyingi murakkab harakat faoliyatlarini muvaffaqiyatli egallash uchun zarur fiziologik poydevorni yaratadi.Muvozanatni saqlash inson organizmidagi bir nechta funksional tizimlarning uzviy hamkorligiga asoslanadi. Bunda vestibulyar analizator, ko‘rish analizatori, proprioretseptiv sezuvchanlik, mushak-tonik boshqaruv hamda markaziy nerv tizimining integratsion faoliyati yetakchi o‘rin egallaydi. Kalit so'zlar: muvozanat mashqlari, yirik motorika, yirik motorikani rivojlantirish, harakat koordinatsiyasi, statik muvozanat, dinamik muvozanat,, sensor integratsiya, motor rivojlanish,.
