TA’LIM TIZIMI IJTIMOIY INSTITUT SIFATIDA: FALSAFIY YONDASHUVLAR
Mualliflar:
Annotatsiya mazkur maqolada ta’lim tizimini ijtimoiy institut sifatida tushunishning asosiy falsafiy yondashuvlari qiyosiy-tipologik tahlil asosida yoritilgan. Organitsistik, strukturaviy-funksionalistik, konflikt-reproduktiv, fenomenologik-konstruktivistik, neoinstitutsional, tizimli-sinergetik, gumanistik-global hamda integrativ-strukturatsion yondashuvlarning ontologik asoslari, kuchli va zaif tomonlari aniqlashtirilgan. Ta’lim institutining jamiyat integratsiyasidagi vazifasi, ijtimoiy tengsizlikni qayta ishlab chiqarish xavfi, intersubyektiv qurilish tabiati, tashqi legitimlikka moslashuvi, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizim sifatidagi avtonomiyasi hamda struktura va faoliyat dialektikasi alohida ko‘rib chiqilgan. Yondashuvlarning qiyosiy tahlili ularni bir-birini to‘ldiruvchi metodologik prizmalar sifatida uyg‘un qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi, bu esa O‘zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash, nodavlat sektor va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish jarayonlarini falsafiy jihatdan izohlash uchun metodologik asos yaratadi. Kalit so'zlar: ta’lim tizimi, ijtimoiy institut, ijtimoiy falsafa, strukturaviy-funksionalizm, konflikt nazariyasi, fenomenologiya, neoinstitutsionalizm, tizimlar nazariyasi, strukturatsiya nazariyasi, gumanistik paradigma.
