Cu(II) SULFAT VA 4-AMINOSALITSIL KISLOTA ASOSIDA OLINGAN KOMPLEKS BIRIKMANING KVANT-KIMYOVIY TAHLILI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada Cu(II) sulfat va 4-aminosalitsil kislota asosida olingan kompleks birikmaning kvant-kimyoviy xususiyatlari nazariy usullar yordamida o‘rganildi. DFT hisoblashlari asosida kompleksning optimal molekulyar geometriyasi aniqlanib, uning elektron tuzilishi, Mulliken zaryad taqsimoti, HOMO–LUMO energiya orbitallari, molekulyar elektrostatik potensial (MEP) xaritasi hamda vibratsion chastotalari tahlil qilindi. Hisoblash natijalari kompleksning energetik jihatdan barqaror molekulyar tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatdi. 4-aminosalitsil kislota ligandining karboksil va aminoguruhlaridagi donor atomlar orqali Cu(II) ionlari bilan koordinatsion o‘zaro ta’sir hosil qilishi aniqlandi. HOMO–LUMO tahlili kompleksning elektron donor-akseptor xususiyatlari va kimyoviy faolligi haqida ma’lumot berdi, MEP xaritasi esa molekuladagi elektrofil va nukleofil markazlarni aniqlash imkonini berdi. Vibratsion chastotalar tahlili ligandning funksional guruhlari koordinatsiyalanishi natijasida kuzatiladigan spektral o‘zgarishlarni nazariy jihatdan tasdiqladi. Olingan natijalar Cu(II)–4-aminosalitsilat kompleksining elektron va strukturaviy xususiyatlarini chuqurroq tushunish hamda uning amaliy qo‘llanilish imkoniyatlarini baholash uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Cu(II) sulfat, 4-aminosalitsil kislota, mis(II) kompleksi, koordinatsion birikma, kvant-kimyoviy hisoblash, DFT, molekulyar geometriya, Mulliken zaryadlari, HOMO–LUMO, MEP, vibratsion tahlil.
