RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MUSTAQIL TA’LIM TRAYEKTORIYASINI SMART-SL METODIKASI ASOSIDA LOYIHALASH




RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MUSTAQIL TA’LIM TRAYEKTORIYASINI SMART-SL METODIKASI ASOSIDA LOYIHALASH


Mualliflar:
Shabdullayeva Lazokatxon Orifbekovna


Annotatsiya Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etish, individual ta’lim ehtiyojlari va kasbiy rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda mustaqil ta’lim trayektoriyasini loyihalash masalasi yoritilgan. Tadqiqotning asosiy metodik yechimi sifatida SMART-SL metodikasi taklif etilib, uning mazmuni maqsadga yo‘naltirilganlik, motivatsiya, kognitiv faollik, amaliy faoliyat, refleksiya va raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘zaro integratsiyasiga asoslanadi. SMART-SL metodikasi orqali talabaning individual ta’lim maqsadlarini belgilash, o‘quv resurslarini tanlash, mustaqil topshiriqlarni rejalashtirish, natijalarni monitoring qilish, o‘z-o‘zini baholash va ta’lim trayektoriyasini korreksiya qilish mexanizmlari tizimlashtirilgan. Maqolada metodikaning tashkiliy-pedagogik shartlari, bosqichlari, tamoyillari hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. SMART-SL metodikasining amaliyotga joriy etilishi talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tizimli, individual va natijaga yo‘naltirilgan tashkil etishga xizmat qilishi asoslangan. Kalit so'zlar: raqamli ta’lim muhiti, mustaqil ta’lim, ta’lim trayektoriyasi, SMART-SL metodikasi, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy kompetentlik, raqamli kompetentlik, individual ta’lim, refleksiya, o‘z-o‘zini baholash.