NEMIS TILINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT ORQALI MUSTAQIL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH




NEMIS TILINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT ORQALI MUSTAQIL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar:
Jurayev Erkinjan Turdaliyevich


Annotatsiya Mazkur maqolada nemis tilini o‘rganishda sun’iy intellekt (SI) vositalaridan foydalanish orqali mustaqil ta’lim va o‘quvchi avtonomiyasini rivojlantirish imkoniyatlari nazariy-tahliliy jihatdan yoritiladi. Tadqiqotda o‘quvchi avtonomiyasi, mustaqil ta’lim, o‘zini o‘zi boshqarib o‘rganish va sun’iy intellektning til ta’limidagi imkoniyatlariga oid ilmiy-metodik manbalar tahlil qilindi. Nazariy, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari SI vositalari inudividual ta’lim ehtiyojlarini hisobga olish, tezkor fikr-mulohaza olish, qo‘shimcha mashqlar yaratish, xatolarni tahlil qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatlarini kengaytirishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, SI’dan nazoratsiz foydalanish tayyor javoblarga qaramlik, mustaqil fikrlash faolligining pasayishi, noto‘g‘ri axborotdan foydalanish va akademik halollik bilan bog‘liq xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu asosda maqolada nemis tilini mustaqil o‘rganishda SI’dan foydalanishning “maqsadni belgilash – rejalashtirish – mustaqil bajarish – SI orqali tekshirish – refleksiya – qayta mashq qilish” ketma-ketligiga asoslangan metodik modeli taklif etiladi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, nemis tili, mustaqil ta’lim, o‘quvchi avtonomiyasi, generativ sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, o‘zini o‘zi boshqarib o‘rganish, fikr-mulohaza.