XORAZM ADABIY MUHITIDA OGAHIY IJODINING O‘RGANILISHI(ERKIN SAMANDAR ASARI




XORAZM ADABIY MUHITIDA OGAHIY IJODINING O‘RGANILISHI(ERKIN SAMANDAR ASARI


Mualliflar:
Otayeva Mahliyo Xursandbek qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada Xorazm adabiy muhitining yirik namoyandasi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning badiiy-estetik merosi zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi badiiy talqinlar asosida tahlil qilinadi. Xususan, Erkin Samandarning Ogahiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlarida tarixiy shaxs obrazining yaratilish tamoyillari, ma'rifatparvarlik g‘oyalari, vatanparvarlik ruhining badiiy ifodasi hamda Ogahiy shaxsiyatining Xorazm adabiy muhitidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot davomida tarixiy-tipologik, qiyosiy-tahliliy hamda germenevtik metodlardan foydalanilib, Erkin Samandar asarlarida Ogahiy siymosining badiiy talqini tarixiy manbalar bilan qiyoslanadi. Shuningdek, adibning tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima o‘rtasidagi muvozanatni saqlash mahorati, Ogahiy ijodining milliy ma'naviy qadriyatlarni targ‘ib etishdagi o‘rni hamda Xorazm adabiy muhitining uzviy rivojlanishidagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Ogahiy merosining zamonaviy badiiy interpretatsiyasini chuqurroq anglashga, Xorazm adabiy muhitining taraqqiyot bosqichlarini ilmiy asosda baholashga hamda tarixiy-biografik asarlarning adabiyotshunoslikdagi nazariy va amaliy ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Xorazm adabiy muhiti, Ogahiy, Erkin Samandar, tarixiy roman, badiiy talqin, tarixiy shaxs, ma'rifatparvarlik, adabiy meros, tarixiy haqiqat, milliy qadriyatlar.