RAQAMLI MEDIA FAOLIYATNING BO‘LAJAK PEDAGOGLAR MEDIA-KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning media-kompetentligini rivojlantirish jarayonida raqamli media faoliyatning didaktik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli ta’lim muhitida pedagogik faoliyatning mazmuni o‘zgarib borishi natijasida bo‘lajak pedagoglardan nafaqat raqamli vositalardan foydalanish, balki media-axborotni izlash, saralash, tahlil qilish, baholash, qayta ishlash, yaratish va pedagogik maqsadda samarali qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab etilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, maqolada raqamli media faoliyat tushunchasining mazmuni aniqlashtirilib, uning axborot-kognitiv, tanqidiy-tahliliy, kommunikativ, kreativ va refleksiv faoliyat bilan aloqador jihatlari asoslangan. Raqamli media faoliyatning interaktivlik, individuallashtirish, vizuallashtirish, hamkorlik, tezkor fikr-mulohaza va mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlash kabi didaktik imkoniyatlari tizimlashtirilgan. Shuningdek, raqamli media faoliyatni maqsadli tashkil etish orqali bo‘lajak pedagoglarda media-kompetentlikning tarkibiy komponentlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar taklif etilgan. Kalit so'zlar: bo‘lajak pedagog, media-kompetentlik, raqamli media, raqamli media faoliyat, raqamli ta’lim muhiti, media-axborot, didaktik imkoniyat, media savodxonlik, raqamli kompetensiya, pedagogik faoliyat.
