MALAKALI FUTBOLCHI QIZLARNING TEZKORLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING SAMARADORLIGI




MALAKALI FUTBOLCHI QIZLARNING TEZKORLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING SAMARADORLIGI


Mualliflar:
Nodirov Bekzod Holiqjon o‘g‘li


Annotatsiya Mazkur maqolada malakali futbolchi qizlarning tezkorlik sifatlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari hamda zamonaviy mashg‘ulot metodlarining samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatish, pedagogik tajriba, nazorat testlari va matematik-statistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar maxsus tezkorlik mashqlari futbolchi qizlarning tezlanish qobiliyati, harakat reaksiyasi, texnik-taktik harakatlari va musobaqa faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari ayollar futbolida mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish va sportchilar tayyorgarligi sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: ayollar futboli, futbolchi qizlar, tezkorlik, sprint, maxsus jismoniy tayyorgarlik, mashg‘ulot metodikasi, pedagogik tajriba.