INGLIZ TILI MASHG‘ULOTLARIDA YURISPRUDENSIYA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING YOZUV MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI




INGLIZ TILI MASHG‘ULOTLARIDA YURISPRUDENSIYA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING YOZUV MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI


Mualliflar:
Raxmanova Dildora Abdulxamid qizi


Annotatsiya Ushbu maqolada yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalarining ingliz tili mashg'ulotlarida yozuv malakalarini rivojlantirishda qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim texnologiyalari va metodlari tahlil qilinadi. Huquqshunos mutaxassislar uchun kasbiy faoliyatda yozma nutq malakalarining, xususan, huquqiy hujjatlar, shartnomalar, arizalar va rasmiy xatlarni ingliz tilida to'g'ri va aniq tarzda tuza olish ko'nikmasining ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada mazmun va til integratsiyalashgan ta'lim (CLIL) asosida qurilgan topshiriqqa yo'naltirilgan ta'lim (TBLT) metodologiyasining huquqiy ingliz tilini o'qitishdagi o'rni, boshqariluvchi yozuv (guided writing), hamkorlikdagi yozuv (collaborative writing) va tayanch ko'rsatmalar (scaffolding) texnikalarining talabalar yozuv kompetensiyasini bosqichma-bosqich shakllantirishdagi samaradorligi ko'rib chiqiladi. Xususan, CLIL asosidagi TBLT yondashuvi orqali talabalarning huquqiy mazmunni til bilan uzviy bog'liq holda o'zlashtirishi, guided writing metodi yordamida yozma matn tuzish jarayonida bosqichma-bosqich yo'naltirilishi, collaborative writing orqali hamkorlikda ishlash va bir-birining matnlarini tahlil qilish ko'nikmalarining shakllanishi, scaffolding texnikasi esa talabaning mustaqil yozish darajasiga erishguniga qadar zarur bo'lgan vaqtinchalik yordam vositalarini ta'minlashi tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: yozuv malakalari, CLIL, TBLT, guided writing, collaborative writing, scaffolding, yurisprudensiya yo'nalishi, huquqiy ingliz tili (Legal English), kasbiy kompetensiya.