BASKETBOLCHILARNI RUHIY TAYYORGARLIKLARINI TARBIYALASHNING USULLARI




BASKETBOLCHILARNI RUHIY TAYYORGARLIKLARINI TARBIYALASHNING USULLARI


Mualliflar:
Shamsitdinova Maxliyo Faxritdin qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada basketbolchilarning ruhiy tayyorgarligini shakllantirish va takomillashtirishning pedagogik-psixologik asoslari hamda samarali usullari yoritilgan. Basketbolchilarning musobaqa jarayonida yuqori natijaga erishishida psixologik barqarorlik, diqqatni jamlash, motivatsiya, o‘ziga ishonch, stressga chidamlilik va irodaviy sifatlarning ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, suhbat, so‘rovnoma, psixologik test, pedagogik tajriba-sinov hamda matematik-statistik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Basketbolchilarning ruhiy tayyorgarligini rivojlantirishda relaksatsiya, nafas olish mashqlari, vizualizatsiya, ijobiy o‘z-o‘ziga murojaat qilish, maqsad qo‘yish, diqqatni jamlash va musobaqa vaziyatlarini modellashtirish kabi usullarning pedagogik imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqot natijalari basketbol mashg‘ulotlarida ruhiy tayyorgarlikni jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik bilan kompleks olib borish sportchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: basketbol, ruhiy tayyorgarlik, psixologik barqarorlik, motivatsiya, diqqat, stressga chidamlilik, iroda, vizualizatsiya, sportchi, musobaqa.