BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING RAQAMLI PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning raqamli pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim muhitida bo‘lajak pedagogning axborotni izlash, saralash, ishonchliligini baholash, turli nuqtayi nazarlarni taqqoslash, dalillarga asoslangan xulosa chiqarish hamda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirish muhim pedagogik vazifalardan biri sifatida qaraladi. Tadqiqotda raqamli ta’lim platformalari, multimedia resurslari, interaktiv topshiriqlar, muammoli vaziyatlar, virtual muhitlar va sun’iy intellekt vositalaridan tanqidiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi texnologiyaning mavjudligi bilan emas, balki uning didaktik maqsadga muvofiq loyihalashtirilishi bilan belgilanashi asoslanadi. Maqolada bo‘lajak pedagoglarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi raqamli pedagogik yondashuvlarning mazmuni va pedagogik shart-sharoitlari ochib beriladi. Kalit so'zlar: bo‘lajak pedagog, tanqidiy fikrlash, raqamli pedagogika, raqamli ta’lim muhiti, raqamli texnologiyalar, axborot savodxonligi, interaktiv ta’lim, sun’iy intellekt, muammoli ta’lim, refleksiya.
