ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIDA TA’LIM-TARBIYA VA AXLOQIY KAMOLOT MASALALARI




ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIDA TA’LIM-TARBIYA VA AXLOQIY KAMOLOT MASALALARI


Mualliflar:
Eshmurodova Navbahor Orol qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida ta’lim-tarbiya, ma’rifat, axloqiy kamolot va komil inson masalalarining badiiy-falsafiy talqini tahlil qilinadi. Boburning “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Aruz risolasi” hamda devonidagi qarashlar asosida ilmga intilish, ustoz va ota-onaga hurmat, halollik, adolat, sabr, shukr, vafo, jasorat, o‘zini tarbiyalash kabi fazilatlarning didaktik mazmuni ochib beriladi. Tadqiqotda Bobur ijodining faqat tarixiy-memuar yoki lirik manba sifatidagi emas, balki shaxs tarbiyasiga xizmat qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy meros sifatidagi ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, uning hayotiy kuzatuvlari va axloqiy xulosalari zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan pedagogik g‘oyalar sifatida umumlashtiriladi. Kalit so'zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, ta’lim, tarbiya, axloq, ma’rifat, axloqiy kamolot, komil inson, didaktika, vatanparvarlik, adolat, sabr, shukr, ilm, ma’naviyat.