UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA CLIL + 5E MODELI ASOSIDA FIZIKA DARSLARINI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH




UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA CLIL + 5E MODELI ASOSIDA FIZIKA DARSLARINI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH


Mualliflar:
Jumamuratova Nawbahar Saatbaevna


Annotatsiya Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvi va 5E modeli asosida fizika darslarini loyihalash va tashkil etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda 5E modelining Engage, Explore, Explain, Elaborate va Evaluate bosqichlarining fizika ta’limidagi o‘rni hamda ularni CLIL yondashuvi bilan integratsiyalash imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, fizik mazmunni ingliz tili bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning fizik bilimlari, ilmiy-tadqiqotchilik, tanqidiy fikrlash va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar taklif etilgan. Maqolada CLIL + 5E modeli asosida fizika darsini tashkil etishning amaliy bosqichlari, tajriba va muammoli topshiriqlardan foydalanish, fizik terminologiyani ingliz tilida o‘zlashtirish hamda ta’lim natijalarini kompleks baholash masalalari ko‘rib chiqilgan. Natijada CLIL va 5E modelining integratsiyasi fizika ta’limini o‘quvchi faoliyatiga yo‘naltirish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish va ilmiy kommunikatsiyani rivojlantirish uchun istiqbolli metodik yondashuv ekanligi asoslangan. Kalit so'zlar: CLIL, 5E modeli, fizika ta’limi, umumiy o‘rta ta’lim, fanlararo integratsiya, ingliz tili, fizik terminologiya, ilmiy kommunikatsiya, tadqiqotchilik kompetensiyasi, kognitiv faoliyat, innovatsion ta’lim, pedagogik texnologiya.