BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI YANGI AVLOD DARSLIKLARI BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI




BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI YANGI AVLOD DARSLIKLARI BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI


Mualliflar:
Abdujlilov Farrux Po’latjon o’g’li


Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak mutaxassislarni yangi avlod darsliklari bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy ta’lim jarayonidagi dolzarbligi yoritiladi. Yangi avlod darsliklarining mazmun-mohiyati, ularning kompetensiyaviy yondashuv, mustaqil ta’lim, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va amaliy faoliyatga tatbiq etishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarda darslik bilan mustaqil ishlash, o‘quv materiallarini saralash, muammoli vaziyatlarni aniqlash, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash hamda raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda yangi avlod darsliklaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik ahamiyati asoslab beriladi Kalit so'zlar: yangi avlod darsliklari, bo‘lajak mutaxassis, darslik bilan ishlash, kasbiy kompetentlik, ta’lim texnologiyalari, mustaqil ta’lim, tanqidiy fikrlash, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik jarayon, raqamli ta’lim, o‘quv faoliyati.