13–14 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA O‘YIN FAOLIYATIGA MOS SAKROVCHANLIK VA SAKRASH CHIDAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH




13–14 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA O‘YIN FAOLIYATIGA MOS SAKROVCHANLIK VA SAKRASH CHIDAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH


Mualliflar:
Tuxtaboeva Nazokat Azimjon qizi


Annotatsiya Ushbu maqolada yosh voleybolchilarda o‘yin faoliyatiga mos sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi 13–14 yoshli voleybolchilarda o‘yin jarayonida bajariladigan asosiy sakrash turlarining soni, balandligi hamda o‘yin ampluasiga ko‘ra xususiyatlarini aniqlash va ularni mashg‘ulot jarayonini takomillashtirishda qo‘llashdan iborat bo‘ldi. Tajriba-sinov ishlari shartli o‘yin shaklida tashkil etilib, sportchilarning sakrash faoliyati G-walk qurilmasi va videokuzatuv asosida baholandi. Tadqiqot davomida jami 558 ta sakrash qayd etildi, shundan funksional jihatdan muhim bo‘lgan sakrab to‘p kiritish, uzatma, zarba berish va to‘siq qo‘yish bilan bog‘liq sakrashlar tahlil qilindi. Natijalar o‘yin davomida eng ko‘p zarba berish va to‘siq qo‘yishdagi sakrashlar bajarilganini, aynan shu harakatlarda balandlik ko‘rsatkichlari ham yuqori ekanini ko‘rsatdi. O‘yin amplualari bo‘yicha markaziy hujumchilarda sakrashlar soni va balandligi eng yuqori, bog‘lovchi o‘yinchilarda esa sakrashlar asosan koordinatsion xarakterga ega ekani aniqlandi. Tadqiqot natijalari yosh voleybolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirish metodikasini o‘yin faoliyati mazmuni hamda amplua xususiyatlariga mos ravishda tabaqalashtirish zarurligini asoslaydi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda portlovchi kuch, vertikal sakrash chidamliligi, tezkorlik, muvozanat va harakat aniqligini uyg‘un rivojlantirish samarali yondashuv ekanligi aniqlandi. Kalit so'zlar: yosh voleybolchilar, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi, o‘yin faoliyati, sakrash balandligi, sakrashlar soni, o‘yin ampluasi, G-walk, portlovchi kuch, maxsus jismoniy tayyorgarlik