5–6-SINF O‘QUVCHILARIDA SOMATOTIPGA ASOSLANGAN JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu tadqiqot umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etishda somatotipga asoslangan yondashuvning ahamiyatini aniqlashga qaratildi. Namangan shahridagi 5–6-sinfda tahsil oluvchi 240 nafar o‘quvchining antropometrik va morfo-funksional ko‘rsatkichlari o‘lchanib, Heath–Carter usuli asosida ektomorf, mezomorf va endomorf guruhlariga ajratildi. Tadqiqotda tana bo‘yi, tana vazni, teri osti yog‘qatlami, mushak va suyak massalari, yurak urish chastotasi, o‘pka tiriklik sig‘imi hamda maksimal kislorod iste’moli (VO₂max) kabi ko‘rsatkichlar qayd etildi. Statistik tahlillar somatotiplar o‘rtasida jiddiy farqlar mavjudligini, xususan, ektomorflarda tana bo‘yi yuqori, endomorflarda esa tana vazni va yog‘qatlami qalinligi ancha ko‘p ekanini ko‘rsatdi. Mezomorflarda mushak massasi va funksional ko‘rsatkichlar nisbatan barqarorligi bilan ajralib turdi. Olingan natijalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning tana tipiga mos ravishda individuallashtirish zarurligini asoslaydi. Kalit so'zlar: somatotip, ektomorf, mezomorf, endomorf, antropometriya, morfo-funksional rivojlanish, VO₂max, jismoniy tarbiya.
