IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGINI INGLIZ TILI TA’LIMI ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu ilmiy maqola ingliz tili darslarida ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarining kreativ kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish texnologiyalarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida kreativ kompetentlikning mazmun-mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda o‘quvchilarning ijodiy fikrlash, muammolarga nostandart yondashish va innovatsion g‘oyalar yaratish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar tahlil qilingan. Shuningdek, ingliz tili ta’limida qo‘llanilayotgan interfaol metodlar, raqamli vositalar va kompetensiyaviy yondashuvlarning o‘quvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishdagi samaradorligi amaliy jihatdan o‘rganilib, olingan natijalar asosida ilmiy xulosalar hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: interfaol metodlar, raqamli vositalar, kreativ kompetentlik, innovatsion g‘oyalar, loyihalash, virtual ta’lim.
