SOHAGA YO‘NALTIRILGAN O‘QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada oliy ta’limda chet tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning ahamiyati va zarurati yoritilgan. Unda oliy ta’limda talabalarning kasbiy va ilmiy faoliyati uchun o‘qish va yozish kompetensiyalarini rivojlantirish muhimligi asoslab berilgan. O‘qishning ilmiy va kasbiy axborotni tezkor egallash, zamonaviy ilmiy yangiliklardan xabardor bo‘lish, hamda mustaqil ta’lim olishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, vizual axborotni qabul qilishning samaradorligi, yozma matnni qayta o‘qish va o‘qish tezligini mustaqil boshqarish imkoniyati kabi omillar o‘qish kompetensiyasining afzalliklari sifatida ko‘rsatilgan. Maqolada o‘qish kompetensiyasining leksik, grammatik, talaffuz va boshqa nutq faoliyati kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni ham ochib berilgan. Natijada chet tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish zamonaviy mutaxassisning kasbiy rivojlanishi, raqobatbardoshligi va ilmiy axborotdan samarali foydalanishida muhim omil ekanligi asoslangan. Kalit so'zlar: chet tili, o‘qish kompetensiyasi, o‘qib tushunish, oliy ta’lim, kasbiy faoliyat, ilmiy axborot, yozma matn, tinglab tushunish, kommunikativ kompetensiya, mustaqil ta’lim.
