GANDBOL SPORT TURINING YOSHLARNI JISMONIY TAYYORLASHDAGI AHAMIYATI




GANDBOL SPORT TURINING YOSHLARNI JISMONIY TAYYORLASHDAGI AHAMIYATI


Mualliflar:
Abdulboriyeva Gulzoda Ahadjon qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada gandbol sport turining yoshlarni jismoniy tayyorlashdagi ahamiyati yoritilgan. Gandbol mashg‘ulotlarining yoshlar organizmining jismoniy rivojlanishi, tezkorlik, chaqqonlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik va harakat koordinatsiyasini takomillashtirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, gandbol mashg‘ulotlari orqali yoshlarning irodaviy sifatlari, jamoaviy hamkorligi, intizomi va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Gandbolning muntazam mashg‘ulotlari yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va sport mahoratini rivojlantirishning samarali vositasi ekanligi asoslangan. Kalit so'zlar: gandbol, yoshlar, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, sport, chaqqonlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik, koordinatsiya, sog‘lom turmush tarzi.