YOSH O‘QITUVCHILARNING EMOTSIONAL BARQARORLIGI VA KASBIY MOSLASHUVI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK




YOSH O‘QITUVCHILARNING EMOTSIONAL BARQARORLIGI VA KASBIY MOSLASHUVI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK


Mualliflar:
Sotvoldiyeva Zebuniso Abbosbek qizi, M.A.Maxsudova


Annotatsiya Mazkur maqolada yosh o‘qituvchilarning emotsional barqarorligi va kasbiy moslashuvi o‘rtasidagi psixologik bog‘liqlik masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kasbiy faoliyatining dastlabki bosqichida bo‘lgan yosh o‘qituvchilarda emotsional barqarorlik darajasi bilan kasbiy moslashuv jarayoni o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash hamda ushbu jarayonga ta’sir etuvchi psixologik omillarni tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, psixodiagnostik metodlar va korrelyatsion tahlil usullaridan foydalanildi. Emotsional barqarorlikni baholashda shaxsning stressli vaziyatlarda o‘z emotsiyalarini boshqarishi, hissiy reaksiyalarining muvozanatlanganligi va psixologik zo‘riqishlarga bardoshliligi hisobga olindi. Kasbiy moslashuv esa pedagogik faoliyat talablariga moslashish, kasbiy vazifalarni bajarish, jamoaga integratsiyalashish va kasbiy o‘ziga ishonch kabi ko‘rsatkichlar asosida baholandi. Tadqiqot natijalari emotsional barqarorlik darajasi yuqori bo‘lgan yosh o‘qituvchilarning kasbiy muhitga tezroq moslashishi, stressli vaziyatlarni samaraliroq boshqarishi va pedagogik faoliyatda barqarorroq xulq-atvor namoyon etishini ko‘rsatdi. Xulosa sifatida emotsional barqarorlik yosh o‘qituvchilarning muvaffaqiyatli kasbiy moslashuvini ta’minlovchi muhim psixologik omillardan biri ekanligi aniqlandi. Kalit so'zlar: yosh o‘qituvchi, emotsional barqarorlik, kasbiy moslashuv, kasbiy stress, psixologik moslashuv, stressga bardoshlilik, pedagogik faoliyat.