MALAKALI GANDBOLCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI KOMPLEKS MASHQLAR ORQALI OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR
Mualliflar:
Annotatsiya Tadqiqot maqsadi: malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini kompleks mashqlar orqali oshirish jarayonida mavjud muammolarni aniqlash, ularning mashg‘ulot samaradorligiga ta’sirini tahlil qilish va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlarni asoslashdan iborat. Tadqiqot metodlari: ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv va so‘rovnoma usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari: kompleks mashqlarni tanlash va ularni sportchilarning individual xususiyatlariga moslashtirish, yuklama hajmi va intensivligini belgilash, mashqlar ketma-ketligini tashkil etish hamda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari nisbatini optimallashtirishda muammolar mavjudligi aniqlandi. Xulosa: kompleks mashqlarni ilmiy asoslangan mezonlar asosida tanlash, yuklamalarni tizimli boshqarish va mashg‘ulot mazmunini musobaqa faoliyatiga moslashtirish malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini samarali rivojlantirish imkonini beradi. Ushbu yondashuv tezlik, kuch, tezkor-kuch, chaqqonlik, koordinatsiya va maxsus chidamlilik sifatlarini uyg‘un rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: malakali gandbolchilar, jismoniy tayyorgarlik, kompleks mashqlar, jismoniy sifatlar, chaqqonlik.
