KORPORATIV OLIY TA’LIM SHAROITIDA RAHBAR-KADRLARNING SOFT-KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING ANDRAGOGIK MEXANIZMLARI
Mualliflar:
Annotatsiya mazkur maqolada korporativ oliy ta’lim sharoitida rahbar-kadrlarning soft-kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi andragogik mexanizmlar ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Rahbarlarning kommunikativlik, liderlik, jamoada ishlash, nizolarni boshqarish, muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish, emotsional intellekt va o‘zini rivojlantirish kompetensiyalarini takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Kattalar ta’limining mustaqillik, tajribaga tayanish, amaliy yo‘naltirilganlik va refleksivlik tamoyillari asosida mentorlik, kouching, keys-stadi, interfaol trening hamda loyiha asosida o‘qitishning samaradorligi asoslangan. Shuningdek, soft-kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari va natijadorligini baholash mezonlari belgilangan. Kalit so'zlar: korporativ oliy ta’lim, rahbar-kadrlar, soft-kompetensiyalar, andragogik yondashuv, liderlik, kommunikativ kompetensiya, emotsional intellekt, mentorlik, kouching, refleksiya, kasbiy rivojlanish.
