GERONTOPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA OLIY TA‘LIM PEDAGOGLARINING ADAPTIV STRATEGIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu tezis zamonaviy oliy ta’lim muassasalarida pedagoglarning adaptiv strategiyalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini gerontopedagogik yondashuv kontekstida tahlil qiladi. Tadqiqotda pedagoglarning psixologik, metodik va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish orqali ularning o‘quv jarayoniga moslashuvchan va samarali yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyatlari o‘rganilgan. Gerontopedagogik yondashuv ta’lim jarayonida pedagoglarning shaxsiy salohiyatini, uzoq muddatli faoliyatga moslashuvini hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llashini ta’minlashga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Gerontopedagogika, adaptiv strategiyalar, oliy ta‘lim, pedagoglarning professional rivojlanishi, pedagogik kompetensiyalar, innovatsion metodlar, shaxsiy salohiyat, uzoq muddatli pedagogik faoliyat.
