O‘QITUVCHILARNING UZLUKSIZ TA’LIM VA O‘ZINI O‘ZI RIVOJLANTIRISH JARAYONINING GERONTOPEDAGOGIK MEXANIZMLARI




O‘QITUVCHILARNING UZLUKSIZ TA’LIM VA O‘ZINI O‘ZI RIVOJLANTIRISH JARAYONINING GERONTOPEDAGOGIK MEXANIZMLARI


Mualliflar:
Asranbayeva Munojatxon Xalimjanovna


Annotatsiya Ushbu tezis zamonaviy ta’lim jarayonlarida o‘qituvchilarning professional va shaxsiy salohiyatini rivojlantirishning gerontopedagogik mexanizmlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tezisda o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirishga bo‘lgan ichki motivatsiyasini kuchaytiruvchi omillar, ularning pedagogik faoliyatdagi samaradorligini oshirishdagi gerontopedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, gerontopedagogika nazariyasi asosida o‘qituvchilarni kasbiy malaka va pedagogik kompetentsiyalarini mustahkamlashga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot jarayonida ilmiy adabiyotlar tahlili, empirik kuzatuv va metodik eksperimentlar natijalari asosida o‘qituvchilarda o‘zini o‘zi rivojlantirishga rag‘bat beruvchi mexanizmlar aniqlanadi. Kalit so'zlar: gerontopedagogika, o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘qituvchi motivatsiyasi, pedagogik barqarorlik, professional kompetentsiya, pedagogik jamoa, pedagogik innovatsiya.